Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan “zapravka”ga chora koʻrildi

14:18 26 Iyun 2025 Jamiyat
132 0

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga nisbatan chora koʻrildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Oʻzenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida joylashgan “A.O.” MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda uning sifatsizligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida korxonaga Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (39,1 million soʻm) iqtisodiy sanksiya qoʻllanildi.

“Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, inspeksiya tomonidan Namangan viloyatida ham gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmalarining texnik holatlari va ularda olib borilayotgan taʼmirlash ishlari koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Oʻrganishlar davomida esa 102 ta gaz taqsimlash punktidan 31 tasida kamchiliklar aniqlangan. Ushbu aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hududdagi masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?