Jizzaxda shifoxona xodimi 5 nafar fuqaroni pora bilan ishga joylamoqchi bo‘ldi

16:38 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
408 0

Jizzax viloyatida shifoxona feldsheri 5 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 400 AQSH dollari oldi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Olmazor mahallasida yashovchi fuqaro X.A. tumanning Chamanzor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Ch.A. hamda uning 4 nafar mahalladoshiga tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan. X.A mazkur shaxslardan 400 AQSH dollari olgan.

Biroq yigit vaʼdasini bajarmagan, shuningdek olgan pullarini ham qaytarmagan. Natijada jabrlanuvchilar ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?