Jizzaxda qurilish materiallari boʻyicha 6,4 trln.soʻmlik 33 ta loyiha amalga oshiriladi

Hududlarda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, sohaga investorlarni keng jalb qilgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish orqali sanoatning ushbu yoʻnalishini yana-da rivojlantirish boʻyicha «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, viloyat hokimligi va tijorat banklari bilan hamkorlikda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun har tomonlama qulay, tabiiy boylik zaxiralariga ega Jizzax viloyatida ham bu borada bir qancha ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, 2021-yilda umumiy qiymati 6,4 trln.soʻmlik 33 ta loyiha amalga oshiriladi va 1 966 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi. Mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 trln.soʻm tashabbuskorlar mablagʻlari, 329,2 mlrd.soʻm va 88,9 mln.dollar bank kreditlari hamda 395,6 mln.dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoʻnaltiriladi. Bu haqda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, “Ming Yuan Silu Industry CO Ltd” MCHJ XKda umumiy qiymati 83 mln dollar va yillik quvvati 8 mln kvadrat metr boʻlgan ultra yupqa oyna ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Natijada yangi turdagi mahsulot tayyorlash bilan birga, qoʻshimcha 80 ish oʻrinlari yaratiladi.
Mirzachoʻl tumanida esa “Next group story jamiyati tomonidan umumiy qiymati 14,1 mlrd.soʻm boʻlgan investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Yaʼni korxona yiliga 12 ming dona shifer ishlab chiqarish tarmogʻi kengaytiriladi.
Viloyatda 2021-2022-yillarda ham xorijiy investitsiya hisobiga bir qator loyihalar amalga oshiriladi. Mazkur dasturga koʻra, hududda umumiy qiymati 145 mln dollar boʻlgan, yiliga 1 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi sement zavodi — «Ekotsement» MCHJ barpo etiladi. Hozirda yangi sement zavodini qurish va Xitoy davlatidan asbob-uskunalar olib kelish ishlari boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring