Jizzaxda Nexia yuk avtomobili bilan toʻqnashdi. Qurbonlar bor

Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-iyun kuni soat 18:20 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan oʻtgan 4R-36 avtomobil yoʻlining 40-kilometrida haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan E.Q. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1974-yilda tugʻilgan D.E. boshqaruvida boʻlgan “SHACMAN” rusumli yuk avtomobili ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Natijada, «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi E.Q. va ushbu avtomobil yoʻlovchisi, 1987-yilda tugʻilgan D.N. turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yoʻlovchilari, 2010-yilda tugʻilgan A.S. va 1994-yilda tugʻilgan A.A.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring