Jizzaxda koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi

18:29 10 Yanvar 2021 Jamiyat
571 0

Jizzaxdagi koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi birlamchi maʼlumot berdi.

Bugun 10-yanvar kuni soat 17:15 lar atrofida Jizzax shahar Zilol mahallasi Mustaqillik koʻchasida yangidan qurilayotgan koʻpqavatli uylardan biri qulab tushgan.

Hozirda voqea joyga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishib, holatni oʻrganishmoqda.

Jizzax viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning maʼlum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli boʻlib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastki 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan boʻlgan.

Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Shunday boʻlishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan toʻliq maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?