Jizzaxda xalqaro universitet tashkil etiladi

12:34 22 Aprel 2021 Jamiyat
1050 0

Jizzax viloyat hokimligi hamda “Djizakskiy mejdunarodniy uniiversitet” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari oʻrtasida viloyatda “Jizzax ijtimoiy – iqtisodiy universiteti”ni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro shartnoma imzolandi.

– Biz mamlakatingizning taʼlim sohasidan xabardormiz, yangi tashkil etilayotgan universitetda taʼlim Oʻzbekiston davlat standartlari asosida tashkil etiladi, - deydi Moskva davlat maʼmurchiligi instituti rektori, professor Aleksandr Tarakanov. – Sohaga jalb qilinadigan yurtingiz olimlari bilan birgalikda Rossiyadan ham 58 nafar iqtidorli professor-oʻqituvchilari jalb qilinadi va ular ham taʼlim berishda ishtirok etadi.

Oʻz ishini 2021-2022 oʻquv yilidan boshlaydigan universitetda qabul psixologiya, boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha taʼlim, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligida menejment, buxgalteriya hisobi, audit, turizm, mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish yoʻnalishlarida olib boriladi.

Shuningdek, magistratura yoʻnalishida ham qabul ishlari tashkillashtirilib, unda psixologiya, boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha taʼlim, iqtisodiyot hamda qishloq xoʻjaligida menejment boʻlimlari faoliyat olib boradi.

Tolibjon ERGASHEV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?