Jizzaxda xalqaro umummavsumiy kurort tashkil etiladi

“Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etildi:
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi;
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi;
Turistik zona hududida «Suffa platosi. 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «Oʻriklisoy» turizm majmuasi.
Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
2024-yil 1-yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Emlash roʻzani buzadimi? Fatvo hayʼati javob berdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
- Zoir Mirzayev va Qobil Tursunovga “hayfsan” berildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring