Jizzaxda YTH: Qurbonlar bor

01:16 23 Noyabr 2020 Jamiyat
606 0

Zomin tumani hududidan oʻtuvchi Zarbdor – Achchi – Qoramozor 4 K-241 yoʻlining 9- kilometrida yoʻl-ulov hodisasi yuz berdi.

Viloyatning Zarbdor tumani Oybek mahallasida yashovchi, 1993-yilda tugʻilgan T.B. boshqaruvidagi “Nexia” qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan, shu tumanning Andijon qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi, 2002-yilda tugʻilgan S.P. boshqaruvidagi “Nexia” bilan toʻqnashgan.

Natijada S.P.ga tegishli avtoulov salonida boʻlgan yoʻlovchi, Andijon qishloq fuqarolar yigʻinida yashagan, 1968-yilda tugʻilgan B.T. tan jarohati olib, koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan tibbiyot muassasasida vafot etdi.

Ikkinchi “Nexia” haydovchisi T.B boʻlsa koʻplab kesilgan jarohatlar va umurtqa pogʻonasi suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?