Jizzaxda ikki erkak ayolni farzandlari koʻz oʻnggida kaltaklab zoʻrlagan

11:01 10 Avgust 2022 Jamiyat
623 0

Foto: Arxiv surat

Jizzax viloyatining Zomin tumanida ikki erkak bolalarning koʻz oʻngida ayolni zoʻrlagan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 24-iyul kuni soat 02:45 larda oʻzining yashash uyiga yuziga niqob taqqan ikki nafar nomaʼlum shaxs yotoqxona derazasi orqali kirib, uni qoʻrqitib, yuzlariga bir necha marotaba urishgani, majburlab, zoʻrlab nomusiga tekkanligi sababli qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi «v» va «g» bandlari (Bir guruh shaxslar tomonidan odam oʻldirish tahdidi bilan sodir etilgan zoʻrlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda erkaklar hibsga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?