Jizzaxda haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

14:38 04 Yanvar 2024 Jamiyat
507 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Arnasoy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Р.Ў. fuqaro Ў.О.га goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 11 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер