Jizzaxda garovga qoʻyilgan binolarni nobud qilgan MCHJ aniqlandi

10:40 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
248 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.Z.” MCHJ macʼul shaxslari, hududiy tijorat banki filialidan qurilish mollari ishlab chiqarish uskunasi va bank balansida boʻlgan MTM binosini sotib olish uchun jami 4 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishib, garov taʼminoti uchun qoʻyilgan MCHJga tegishli 3,1 mlrd soʻmlik binolarni buzib tashlab, bank manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?