Jizzaxda erkin turistik zona tashkil etiladi. Bosh reja loyihasi turk kompaniyasiga tegishli

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy togʻ-changʻi kurortini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, Jizzax viloyatining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi.
Erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlari tashkil etiladi.
Quyidagilar erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilanadi:
erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;
hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻziga xos turistik yoʻnalishlarni tashkil etish;
transport vositalarining arzonligini taʼminlash, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yoʻlovchi transporti yoʻnalishlarini kengaytirish, uning toʻxtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
turistlar xavfsizligining qoʻshimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona maʼlumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yoʻli bilan yaratish;
erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini taʼminlash;
energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy taʼsirini oldini olish va minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Erkin turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
Turkiya Respublikasining “IDEALIST” kompaniyasi tomonidan Zomin tumanida erkin turistik zonaning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilgan.
Erkin turistik zonaning bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish uchun mablagʻlar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
2021-yil 1-mayga qadar erkin turistik zona hududida tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun rivojlangan davlatlar tajribasi asosida mehmondoʻstlik va xizmat koʻrsatish etikasi boʻyicha, shu jumladan masofaviy oʻquv seminarlarini tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring