Jizzaxda dori vositalarini dorixonadan tashqarida sotish holati aniqlandi

12:44 04 Avgust 2022 Jamiyat
279 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali daromad orttirishni koʻzlab, tegishli hujjatlari boʻlmagan 6 000 dona “MILKORTIN” nomli va 100 dona “Moxiflon” nomli dori vositalarini jami 121 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?