Jizzaxda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

09:25 02 Oktyabr 2022 Jamiyat
417 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Gʻallaorol tumani markazidagi savdo doʻkoni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. fuqaro E.ga jami 3 500 AQSH dollarini 39,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?