Jizzaxda bank filiali boshqaruvchisi oʻz xodimini otib qoʻydi

20:43 17 Sentyabr 2022 Jamiyat
757 0

Foto: Arxiv surat

Ijtimoiy tarmoqlarida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi banklardan birining boshqaruvchisi oʻz xodimini otganligi haqida xabarlar tarqaldi.

2022-yilning 16-sentyabr kuni soat 22:30 larda Zomin tumani “Taraqqiyot” MFYda yashovchi AT Xalq banki Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. yashash xonadoni oldida AT Xalq banki Zomin filialida boʻlim boshligʻi vazifasida ishlovchi spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan N.J. bilan oʻzaro tortishib janjallashgan. Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. tan jarohati yetkazish maqsadida sport (tir) qurolidan bir marotaba otib N.Jga tan jarohati yetkazgan.

N.J. koʻkrak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Zomin tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?