Jizzaxda adliya tizimida ishlovchi 9 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi

05:13 13 Aprel 2021 Jamiyat
393 0

Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari va muassasalarida 2-3 yilda bir marotaba kompleks tekshirishlar amalga oshiriladi, tizim tashkilotlari ish faoliyati oʻrganilib, tahlil qilinadi hamda uning natijasi muhokama qilinib, kelgusidagi ish faoliyatni samarali tashkil qilish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida oʻtkazilgan tekshirishlar birinchi marotaba yangicha yondashish asosida masofadan turib onlayn amalga oshirildi.

Bunda quyidagilar:

tekshirishlarda shaffoflik va holislikni taʼminlash,

korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish,

safar xarajatlari uchun byudjet mablagʻlarini iqtisod qilish;

ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsad qilib olindi.

Vazirlik axborot xizmati xabariga koʻra, tekshirish yakunlari 2021-yil 12-aprel kuni onlayn tarzda oʻtkazilgan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hayʼat yigʻilishida muhokama qilindi. Mazkur hayʼat yigʻilishida vazirlik rahbariyati, tekshirish boʻyicha ishchi guruh vakillari, viloyat adliya boshqarmasi va uning tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Davlat notarial idoralari xodimlari ishtirok etdi.

Hayʼat yigʻilishi yakunlari boʻyicha 9 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi.

Shu bilan birga, tekshirish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va ularni takrorlanmaslik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?