Jizzaxda 20 sotix yerni 12 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

18:40 08 Avgust 2022 Jamiyat
357 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.I. “Koʻchkak” qishlogʻi hududidan aholiga dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan 16 sotix yer maydonini fuqaro A.ga 105 mln soʻmga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Baxmal tuman boʻlimi tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.B. Baxmal tumani hududida dam olish maskani qurish uchun ajratilgan 60 sotix yer maydonining 20 sotixini boshqa bir fuqaro F.ga firibgarlik yoʻli bilan 12 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?