Jizzax viloyatida katta tezlikda kelayotgan “Lacetti” ayolni urib yubordi

23:10 29 Oktyabr 2021 Jamiyat
1154 0

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 27-oktabr kuni “Lacetti” avtomobili yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, YTH taxminan soat 12:20 da Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Zarbdor tumanidagi “Navroʻz” mahallasida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan haydovchi “Lasetti” rusumli avtomashinani Jizzax-Zarbdor yoʻnalishida haydab ketayotib, yoʻlni notoʻgʻri kesib oʻtayotgan 1980-yilda tugʻilgan piyodani urib yubordi.

Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa natijasida jabrlangan ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi viloyat filialiga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?