Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIB Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.O. Sharof Rashidov tumani “Tinchlik” MFY hududidagi oʻziga tegishli 6 sotix hamda 50 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro M.M.ga 245 mln soʻmga sotishga kelishib, oldindan 145 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. Boyovut tumani “Yangiobod” MFYdan tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonini fuqaro X.A.ga turar joy qurilishi uchun 140 mln soʻmga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 12 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.A. “R.” bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 24 sotix yer maydonini fuqaro Sh.A.ga oʻziniki ekanligini aytib, yer maydonini 8 000 AQSH dollarga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring