Jizzax shahrida oʻrmon noziri ushlandi

12:39 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
355 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi oʻrmon noziri R.M. fuqaro U.dan unga bogʻdorchilik uchun ijaraga berilgan yer maydonida 14 dona terak va qayragʻoch daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qoʻllamaslik evaziga 3 mln soʻm pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?