Jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni bojsiz olib kirish miqdori qancha?

17:56 08 Avgust 2022 Jamiyat
241 0

Foto: Arxiv surat

Jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari:

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib oʻtishda — 2 000 (ikki ming) AQSH dollari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yoʻl va daryo bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 1 000 (bir ming) AQSH dollari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyoʻl (piyoda) bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 300 (uch yuz) AQSH dollari;

Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari;

Xalqaro pochta joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (bir yuz) AQSH dollari qiymatidagi tovarlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

Biroq, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi va toʻlov undiriladi.

Bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari:

1. Alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo - umumiy miqdori 2 litrdan koʻp boʻlmagan;

2. Tamaki mahsulotlarining barcha turlari - umumiy miqdori 10 qutidan koʻp boʻlmagan;

3. Atir va ifor taratuvchi suvlar - umumiy miqdori 3 tadan koʻp boʻlmagan;

4. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari - umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?