Jinoyatni “issigʻi”da ochishga yordam bergan fuqarolar ragʻbatlantirildi

Joriy yilning 17-noyabr kuni M 37 yoʻlining 204-kilometrida Qiziltepa tumaniGʻoyibon mahallasidagi Navgandi qishlogʻida «Niva» rusumli avtomobil fuqaro M.Y ni urib ketib, YTH sodir qilib voqea joyidan yashiringan edi. Mazkur falokat fuqaro Fahriddin Ostonovning yashash xonadoniga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasi xotirasiga yozilib, u Muslima Obidovaning haydovchi haqida 102 telefon raqamiga bergan xabari tufayli jinoyat ochildi.
Qiziltepa tuman hokimligida fuqarolar Faxriddin Ostonov, Muslima Obidova jinoyatning ochilishiga yordam berganligi hamda 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktor oʻrinbosari Faxriddin Nurov maktab atrofida jamoat tartibini saqlab maktab oʻquvchilarini yoʻldan oʻtkazishga IIO YHX xodimlariga berayotgan koʻmagi uchun qimmatbaho sovgʻalar va tuman IIB boshligʻining tashakkurnomasi bilan ragʻbatlantirildi.
— Fuqarolarimizning yuqoridagi kabi holatlarda befarq boʻlmaganligi vaziyatga nisbatan daxldorlik hissi bilan harakat qilganligi bois jinoyat shu kunning oʻzidayoq ochildi, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Oʻktam Usmonov. - Shu oʻrinda fuqarolarimizga jinoyatchilik hamda qonunbuzilish holatlarini oʻz vaqtida aniqlashda hamda YTH oldini olishda ichki ishlar organlariga koʻrsatayotgan beminnat yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring