Jinoyatchilik oʻchogʻiga aylangan hududlardagi holat tanqidiy muhokama qilindi

07:44 05 Dekabr 2021 Jamiyat
219 0

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 29-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan joylarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar prokurori U. Qosimov va Toshkent shahar IIBB boshligʻi A. Toshpoʻlatov Bektemir tumanida joylashgan “Toshkent qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozori” AJ, “Qoʻyliq dehqon bozori” AJ hamda «Kompass» savdo majmuasiga tashrif buyurib, tuman masʼullari ishtirokida ushbu hududlarning jinoyatchilik oʻchogʻiga aylanganligi holatini tanqidiy muhokama qildi.

Muhokama davomida jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?