Jinoyat ishi doirasida 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Fargʻonada 14 yoshli voyaga yetmagan shaxs joriy yil 17-oktyabr kuni Fargʻona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga koʻra, hozirgi kunda ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov mobaynida 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi marhum R.Abdusattorovni urib, uning oʻlimiga sabab boʻlgan tan jarohatlari yetkazishgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat guvohlarning koʻrsatuvlari va boshqa dalillar bilan oʻz isbotini topdi.
Shu sababli, jinoyat ishi doirasida ushbu 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qamoqqa olindi.
Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi va tekshiruv ustidan nazorat oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring