Jiddiy ogohlantirish: qarishga qarshi kurash hayotingizga qarshi kurash boʻlishi mumkin

01:29 26 Iyun 2024 Dunyo
1047 0

Birmingem universiteti professori Joao Pedro de Magalyayns boshchiligidagi tadqiqot guruhi “qarigan hujayra”lar ham sogʻliq uchun foydali rollarga ega ekanligini aniqladilar. Mazkur ilmiy izlanish “Science” jurnalida chop etilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu hujayralar toʻqimalarning rivojlanishi, yalligʻlanish, yaralarni davolash va oʻsmalarni oʻsishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Professor eskirgan hujayralarning salomatlik va kasallikni daʼvolashdagi tabiiy rolini shu paytgacha past baholanganini alohida taʼkidlamoqda.

Masalan, meʼda osti bezi beta hujayralarida insulin sekretsiyasi va qon tomir tizimi hamda yoʻldoshning tuzilishini saqlab turish kabi normal funksiyalar uchun zarurdir. Baʼzi hayvonlarda, masalan, sichqonlarda, qarigan hujayralar toʻqimalarning yangilanishi uchun, ayniqsa jarohatlarning tez tuzalib ketishi uchun muhim funksiyani bajaradi.

Tadqiqot qarigan hujayralarni yoʻq qilish orqali tanani yoshartirishga qaratilgan terapiyalarning xavfsizligini shubha ostiga qoʻyadi. Professor de Magalyayns ogohlantiradiki, qarigan hujayralarni ularning foydali funksiyalarini hisobga olmagan holda yoʻq qilish inson hayotini xavfga qoʻyadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер