JCH saralash bosqichi: Bugun Oʻzbekiston Yamanni yana yirik hisobda taslim etadi(mi)?
Jahon chempionati va Osiyo chempionati qoʻshma saralash bosqichida bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan, markazlashgan turnirdagi oʻzining 2-uchrashuvini Yaman termasiga qarshi oʻtkazadi. Hozir esa biz har ikki jamoaning bugungi uchashuvgacha boʻlgan natijalarini yodga olamiz.
Yaman
Yaman “D” guruhida 6 uchrashuvdan keyin 5 ochko toʻplagan holda soʻnggi oʻrinda bormoqda va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qoʻldan boy bergan. "Qizillar" saralash bosqichining dastlabki ikki uchrashuvini magʻlubiyatsiz boshlab, Singapur va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir xil (2-2) hisobida durang qayt etadi. Shundan soʻng yamanliklar hamyurtlarimizga (5-0) hisobida imkoniyatni boy berib, falastinliklarni minimal hisobda taslim etadi.
Singapur - Yaman 2:2
Yaman - Saudiya Arabistoni 2:2
Oʻzbekiston - Yaman 5:0
Yaman - Falastin 1:0
Yaman – Singapur 1:2
Saudiya Arabistoni - Yaman 3:0
Oʻzbekiston
6 uchrashuvdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan “D” guruhida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi, ammo bu oʻrin keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin. “Oq boʻrilar” ushbu saralash bosqichini Falastin terma jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvda (2-0) hisobida magʻlub boʻlgach, ketma-ket ikki uchrashuvni oʻz foydasiga hal qildi. Terma jamoamiz Toshkentda boʻlib oʻtgan 4-tur bahsida esa Saudiya Arabistoniga (2-3) hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygan edi. Oʻzbekiston terma jamoasi bugungi uchrashuvda gʻalaba qozonib soʻnggi mezbonlarga qarshi boʻlib oʻtadigan bahs oldi oʻz imkoniyatlarini saqlab qolish vazifasi qoʻyilgan.
Quyida jamoamiz vakillarining shu kungacha boʻlgan saralash doirasidagi natijalarini koʻrish mumkin:
Falastin – Oʻzbekiston 2:0
Oʻzbekiston – Yaman 5:0
Singapur – Oʻzbekiston 1:3
Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni 2:3
Oʻzbekiston – Falastin 2:0
Oʻzbekiston – Singapur 5:0
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Yaman terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Ar-Riyod shahridagi «Qirol Fahd» stadionida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring