“Jasorat maktabi” yurtimizning barcha hududlarida tashkil etiladi

Foto: Xalq so‘zi
Markaziy harbiy okrug Jizzax garnizonida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yigʻinini “Jizzax tajribasi” asosida boshqa hududlarga tatbiq etishga qaratilgan ikki kunlik amaliy seminar oʻz ishini yakunladi.
Mazkur seminarda bu turdagi yigʻinlarni tashkil etish uchun yoshlar siyosatini amalga oshirishga masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikning samarali mexanizmini ishlab chiqish, uyushmagan yigit-qizlarni tarbiyalash hamda ularning fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy adaptatsiyasini kuchaytirish, sportga keng jalb etishning ilgʻor uslublarini belgilash, olib borilgan ishlar natijalarini taʼsirchan monitoring qilish tizimini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
— Shu yilning 13-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida davlatimiz rahbari yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish zaruratiga eʼtibor qaratdi, — deydi seminarda soʻz chiqqan Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev. — Mazkur amaliy seminar aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, uning ijrosi oʻlaroq “Jizzax tajribasi” asosida yurtimiz boʻylab kam taʼminlangan, ijtimoiy daftarlarda roʻyxatga olingan yoshlar bilan ishlashning yangicha usullari amaliyotga joriy qilinadi, ertangi kun egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarimizga gʻamxoʻrlik qamrovi kengayadi.
Seminar bir vaqtda yurtimizning bir nechta oʻquv nuqtalarida boʻlib boʻlib oʻtdi, unda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga bevosita masʼul boʻlgan vazirlik, idora, tashkilotlar rahbarlari va vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev harbiy-vatanparvarlik yigʻinlariga jalb qilingan yoshlarning ona-onalari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.
Shuningdek amaliy seminar davomida “Jasorat maktabi” yigʻini ishtirokchilari oʻzlari yasagan buyumlar, oʻrgangan kasblari, olgan bilimlarini ishtirokchilarga namoyish etdilar.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring