Jarqoʻrgʻonlik tadbirkor imtiyozli pul mablagʻini talon-toroj qilgani aniqlandi

19:16 01 Avgust 2022 Jamiyat
322 0

Foto: Illustrativ foto

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan qishloq tumanlarda Prezidentimizning 2017-yil 2-martdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Meva-sabzavotchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda va 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosi oʻrganildi.

Viloyat prokuraturasi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, oʻrganish jarayonida Jarqoʻrgʻon tumanida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “KT” MCHJ rahbari A.Q. Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan uzumzor va tomchilab sugʻorish tizimini joriy etish uchun ajratilgan 2,5 mlrd. soʻmdan ortiq pul mablagʻlarini talon-toroj etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan “KT” MCHJ rahbari A.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?