Jarqoʻrgʻon va Bandixon tumanlarida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.M.” MCHJ rahbari J.R. hududiy tijorat banki filialidan issiqxona qurish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlarining 1,3 mlrd soʻmini hamda ukasi X.R.ning nomiga tashkil etgan “J.S.” MCHJga ajratilgan 600 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.F.” MCHJ rahbari M.A. hududiy tijorat banki filialidan chorva kompleksi qurish uchun ajratilgan 762,2 mln soʻm kredit mablagʻlari evaziga xarid qilingan qurilish materiallarini boshqa maqsadlarda foydalanib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring