Jarimani oʻz vaqtida toʻlaganga chegirma belgilandi

22:30 18 Mart 2020 Jamiyat
1243 0

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi modda bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

Soddalashtirilgan tartib quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

* maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;

* jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

* xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?