JARda “COVID-19”ni yuqtirish holatlari juda keskin oʻsmoqda. Bemorlar orasida bolalar koʻp  

02:44 02 Dekabr 2021 Dunyo
633 0

Illyustrativ foto

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da “COVID-19” bilan kasallanganlar sonining juda keskin oʻsayotgani maʼlum qilindi.

Bu haqda JAR tibbiyot assotsiatsiyasi boshqaruvi aʼzosi, Gauteng provinsiyasida faoliyat olib borayotgan yoxannesburglik shifokor Frankishning aytib oʻtdi. Unga koʻra, mamlakatda “COVID-19”ning yangi shtammi — «Omikron» tarqalishi tufayli infeksiya bilan zararlanayotganlar soni keskin oʻsmoqda.

“Koronavirus tashxisi qoʻyilgan yangi bemorlarning oqimi juda katta. Bu kuchli toʻlqin boʻlishini koʻrsatmoqda. Bemorlar orasida bolalar koʻp”, deydi shifokor.

Uning taʼkidlashicha, hozir «Omikron» shtammi bilan zararlanganlarda kasallikning asosan yengil shakli kuzatilmoqda. Kam bemor kasalxonaga yotqizilmoqda, koʻpchilik uyda qolmoqda.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, JAR pandemiyaning yangi toʻlqini boshida ekanligini hisobga olsak, bu oʻzgarishi mumkin.

Avvalroq, JAR OITSga qarshi tadqiqot dasturi markazi direktori Salim Abdul Karim «Omikron» shtammi mamlakatda rasman tasdiqlanganidan ancha oldin paydo boʻlganini maʼlum qilgan edi.

Uning taʼkidlashicha, «Omikron» koronavirusning avvalgi barcha shtammlariga qaraganda yuqumliroq. Shu oʻrinda Karim mutaxassislar yangi mutatsiyasining tarqalish tezligidan hayratda ekanini aytgan.

Mutaxassisning izohlashcha, bu «Omikron» koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda kasallikning ogʻirroq shakllarini keltirib chiqaradi, degani emas.

Oldinroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi — “Omikron” shtammining global xavfi haqida ogohlantirgan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?