Janubiy Koreyaning taniqli estrada xonandalari Toshkentdagi konsert dasturida ishtirok etadi

Foto: “Dunyo” AA
Janubiy Koreyaning taniqli estrada xonandalari Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan koreys diasporasining 85 yilligiga bagʻishlangan konsert dasturida ishtirok etish uchun Toshkentga keladi.
Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda. Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan koreyslarning 85 yilligiga bagʻishlangan tadbir 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” saroyida boʻlib oʻtadi. Tadbirda 4000 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etishi, ular uchun teatrlashtirilgan madaniy dastur namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Konsert dasturi tashkilotchisi Oʻzbekistondagi Koreys madaniyat markazlari uyushmasi vakillari Koreya Respublikasining “Eurasia Networks” kompaniyasi prezidenti Kim Chang Keondan Janubiy Koreyaning taniqli estrada xonandalarini taklif etish boʻyicha yordam soʻradi. Oʻz navbatida, Kim Chang Keon Oʻzbekistonda Janubiy Koreya sanʼatkorlarining konsertini tayyorlash va oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi.
Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, konsertda ishtirok etishi rejalashtirilgan Janubiy Koreyaning mashhur ijrochilari Gil Gun va Kim Ji Xun nafaqat Koreya Respublikasida balki, butun dunyoda mashhurdir.
Gil Gun va Kim Ji Xun safar oldidan Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan koreyslar diasporasining 85 yilligiga bagʻishlangan madaniy tadbirdagi chiqishlari uchun Oʻzbekistonda munosib hayot kechirayotgan koreyalik vatandoshlarga bayramona kayfiyat ulashadigan qoʻshiqlarni ijro etishlarini taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring