Janubiy Koreyadan kelgan yoʻlovchilar 14 kun davomida tibbiy kuzatuvda boʻladi

17:33 27 Fevral 2020 Jamiyat
699 0

Avval xabar qilganimizdek, bugun tongda Seul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻngan edi.

Undagi 232 nafar yoʻlovchi va 12 nafar ekipaj aʼzolari koronavirusning Oʻzbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirilib, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli standartlar boʻyicha zarur profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan.

Ayni paytda yoʻlovchilarda hech qanday koronavirus alomatlari aniqlanmagach, ularni oʻz uylariga javob berish jarayoni yakunlandi. Yoʻlovchilar oʻz yashash joylaridagi davolash muassasalari tomonidan 14 kun davomida tibbiy nazoratga olinib, bu davr ichida ularga cheklovchi tartiblar tavsiya etiladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер