Janubiy Koreyadagi savdo markazida yuz bergan yongʻin oqibatida kamida yetti kishi halok boʻldi

18:04 26 Sentyabr 2022 Dunyo
701 0

Illyustrativ foto

Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi savdo markazida yuz bergan yongʻin oqibatida kamida yetti kishi halok boʻlgan. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Yongʻin savdo markazining yertoʻlasida boshlangan va tezda yuk ortish joyiga oʻtgan. 110 dan ortiq odam, jumladan savdo markazi xodimlari va yaqin atrofdagi mehmonxona mijozlari evakuatsiya qilingan. Rasmiylarning aytishicha, agar yongʻin ish vaqtida boshlanganda zarar bundan ham kattaroq boʻlishi mumkin edi.

Tejon yongʻin xavfsizligi departamenti vakili Go Sin Chxolning aytishicha, tirik qolganlarni qidirish davom etmoqda. Yongʻinni oʻchirish uchun 500 dan ortiq oʻt oʻchiruvchi va 90 ta texnika safarbar etilgan. 

Yusong oʻt oʻchirish boʻlimi vakili Li Sin Xonning aytishicha, oʻlik holda topilgan olti kishi savdo markazi xodimlari boʻlib, rasmiylar yettinchi qurbonning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda.

Yongʻin oʻchirilgan. Oʻt oʻchiruvchilar va politsiya hodisa sabablarini oʻrganmoqda. Mahalliy OAV guvohlarning maʼlumotlariga tayanib, yongʻinga yertoʻlada quvvat olayotgan elektromobilning portlashi sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?