Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.
“Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tarqalib, odamlar hayotiga tahdid solmoqda”, — dedi Tabiiy ofatlarni boshqarish markazi direktori oʻrinbosari Li Xan Gyon.
Hukumat ushbu yongʻinni oʻchirish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirib, 30 ga yaqin vertolyotlarni safarbar qilgan. Rasmiylarga koʻra, yakshanba kuni ertalab yongʻin markazi hisoblangan Sancheong shahridagi yongʻinning 30 foizga yaqini oʻchirilgan.
“Jarohat olgan olti kishidan besh nafariga jiddiy zarar yetgan. Vafot etgan barcha shaxslar yongʻin boshlangan hudud, Sancheong shahrida topildi”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring