Janubiy Koreyada tayfun tufayli yuzlab reyslar bekor qilindi, maktablar yopildi

20:21 05 Sentyabr 2022 Dunyo
898 0

Foto: AP

Janubiy Koreya «Xinnamnor» toʻfoni yaqinlashayotgani sababli dushanba kuni yuzlab ichki reyslarni bekor qildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlari.

Bundan tashqari, mamlakatning turli hududlarida paromlar harakati toʻxtatilgan. Toʻfon dushanba kuni kechqurun Janubiy Koreyaning Jeju orolidan oʻtib, 216 km/soatgacha kuchayishi mumkin boʻlgan kuchli shamolni keltirib chiqarishi kutilmoqda. Oroldagi maktablarda darslar bekor qilindi, koʻplab korxonalar yopildi.

Bashoratlarga koʻra, 6-sentyabr, seshanba kuni ertalab «Xinnamnor» Janubiy Koreyaning ikkinchi yirik shahri Pusan ​​yaqinida joylashgan hududlarga yetib keladi.

Seulda toʻfon yaqinlashayotgani sababli seshanba kunidan boshlab boshlangʻich va oʻrta maktablarda darslar onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Janubiy Koreya meteorologiya xizmati tayfun tufayli mamlakat boʻylab juda kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi, qirgʻoqboʻyi hududlarida baland toʻlqinlar, boʻron va sunami kutilishi haqida ogohlantirdi.

Hozirgi vaqtda toʻfon toʻrtta xavfli toifaning uchinchisi — “juda kuchli” deya tasniflangan. Shamolning tezligi soatiga 176 km.ga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?