Janubiy Koreyada stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi

18:25 02 Sentyabr 2023 Sport
459 0

Joriy yil 3-10-sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.

Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi tunda Janubiy Koreyaga yoʻl oldi.

Musobaqa litsenzion harakterga ega boʻlib, unda erkaklar va ayollar oʻrtasida jamoaviy, shuningdek, aralash juftlik dasturida gʻalaba qozongan davlatlar Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Terma jamoamiz Koreya yarim oroliga quyidagi tarkibda joʻnab ketdi:

Erkaklar:
Zohid Kenjayev
Abdulaziz Anorboyev
Qutbillo Teshaboyev
Shohruh Iskandarov

Ayollar:
Rozalina Xodjayeva
Rimma Molakanova
Mehriniso Norqulova
Marhabo Magdiyeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?