Janubiy Koreya siyosatchilari Shimoliy Koreya xakerlari kiberhujumi qurboniga aylandi

14:38 28 Dekabr 2022 Dunyo
698 0

Foto: Arxiv surat

Shimoliy Koreya hukumati xakerlari joriy yil aprel oyidan buyon 892 nafar siyosatchilar, tahlil markazlari rahbarlari va akademiklarga kiberhujumlar uyushtirishgan.

Xakerlar oʻz raqamli izlarini yetarli darajada yashirishlariga qaramay ularning elektron dalillari 2014-yilda Janubiy Koreya Atom elektrostansiyasini buzgan Shimoliy Koreya xakerlar guruhi manzillari bilan bir xilda ekanligi aniqlangan.

Shimoliy Koreya xakerlari Janubiy Koreyaga 626 million AQSH dollari miqdorida zarar yetkazgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?