Janubiy Koreya mavsumiy ishlarga Oʻzbekistondan ishchilarni jalb qiladi

21:56 11 May 2024 Jamiyat
435 0

Bu haqda Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayevning Koreya Respublikasi adliya vaziri Pak Son Je bilan oʻtkazgan uchrashuvi chogʻida kelishuvga erishildi.

Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari xususida soʻz bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar oʻrtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Janubiy Koreyada qishloq xoʻjaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin boʻladi.

Xususan, yurtdoshlarimiz qishloq xoʻjaligi, agrotexnologiyalar boʻyicha ishlab, oʻz malakalarini oshiradilar, bu orqali ayni yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishlari mumkin.

Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Janubiy Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda.

Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassislar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreya Respublikasida faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi.

Ayni yoʻnalishda Koreya Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimizning namunali faoliyat olib borishi, Janubiy Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Janubiy Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi.

Koreya Respublikasi tomoni oʻzbekistonlik ishchilar mamlakat mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga oʻtmasa, oʻz ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Janubiy Koreya hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер