Janubiy Koreya bilan hamkorlikda madaniy meros obyektlarining Digital Twin texnologiyalariga asoslangan platforma loyihalari amalga oshiriladi
2021-yilning 23-dekabr kuni Turizm va sport vazirligi va Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi huzuridagi “Korea Land and Geospatial Informatix Corporation (LX)” korporatsiyasi, “New Layer So. Ltd.», “EGIS So. Ltd.», “J-TOD Co. Ltd.» kompaniyalari bilan hamkorlikda, Koreya Respublikasi axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligining umumiy qiymati 150 ming AQSH dollari boʻlgan grant mablagʻlari asosida Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasining “Digital Twin”, 3D-texnologiyalari va geografik maʼlumotlar yordamida birga-bir raqamli nusxasini yaratish pilot loyihasini topshirish marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Madaniy meros agentligi direktori Shahriyor Nurullayev, “New Layer Co., Ltd” prezidenti Park Kwang Mok, “LX” xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Park Choondong, “J-TOD Co., Ltd” Bosh direktori Kim Jungsoo, Turizm va sport vazirligi xalqaro aloqalar va grant mablagʻlarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi Feruz Dodiyev hamda boshqa loyihaga aloqador taraflar ishtirok etdi.
Tadbirni Aziz Abduhakimov kirish soʻzi bilan ochib, Oʻzbekiston — Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish yoʻllari koʻrib chiqilayotganligi, avvalo, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalarda amaliy hamkorlik boʻyicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Oʻzbekistonda madaniy meros obyektlarini boshqarish va monitoring jarayonini raqamlashtirish, ularni oʻrganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda tarixiy yodgorliklarining yagona raqamli tizimini yaratishga katta eʼtibor berilganini va amalga oshirilgan bu loyiha ushbu yoʻnalishdagi muhim qadam ekanligini bildirdi.
Tadbir davomida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori Shahriyor Nurullayev Oʻzbekistonda mavjud 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish zaruriyati mavjudligi va hamkorlar tomonidan taklif etilayotgan loyiha vazifani sifatli bajarishda muhim ahamiyatga ega boʻlishini aytib oʻtdi.
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya mamlakatlarining yangi hamkorlik bosqichi, yaʼni “digitial” turizm yoʻnalishini boshlab bergan boʻlamiz. Madaniy merosimiz obyektlarining 3D, AV va VR shaklidagi maʼlumotlar platformasi yaratilishi orqali butun dunyoni Oʻzbekistonning boy oʻtmishi bilan tanishtirish imkoniyatimiz kengayadi, — deya taʼkidlari oʻz nutqida Sh. Nurullayev.
“New Layer Co., Ltd” prezidenti Park Kwang Mok Oʻzbekiston tarafiga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, amalga oshirilgan loyiha zamonaviy raqamli xizmat yaratishini va kelajakda katta istiqbolga ekanligini taʼkidladi.
“New Layer Co., Ltd” xodimi va loyiha direktori Kang Seokchan tadbir ishtirokchilarini loyiha maqsad va vazifalari, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan Madaniy yodgorliklar onlayn-platformasi bilan tanishtirib, undan kutilayotgan natija va kelajakdagi rejalarni aytib oʻtdi. Jumladan, onlayn-platforma yordamida ushbu loyiha oʻzida ikki sohani mujassamlashtirgan.
Birinchisi, platforma orqali madaniy merosni boshqarish, unga oid hujjatlarni yuritish ishlari raqamlashtirilib, ish samaradorligi oshiriladi. Ushbu tajriba loyihasi asosida keyingi yirik loyiha bosqichida bugungi kundagi madaniy yodgorliklariga oid barcha qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlar raqamlashtirilib markaziy maʼlumotlar bazasiga birlashtiriladi. Shuningdek, platformaga obyekt haqidagi aniq oʻlchamli maʼlumotlarni joylash orqali kelgusidagi kutilmagan favqulodda hodisalar orqali madaniy merosga zarar yetganda ularni aniqroq va tezkorlik bilan tiklash imkoniyatini beradi.
Ikkinchi jihati, bu — fuqarolar manfaatlari. Ushbu tajriba platformasidagi maʼlumotlar nafaqat davlat tashkilotlari maʼmuriy vazifalarining ijrosi uchun, balki fuqarolarning madaniy meros bilan yaqindan tanishishini ham taʼminlaydi. Madaniy merosning 3D, AV va VR shaklidagi maʼlumotlari platforma orqali ommaga namoyish etiladi. Ushbu tajriba platformasi asosida asosiy platforma yaratilsa, Oʻzbekiston fuqarolari bilan bir qatorda chet el fuqarolari ham ushbu maʼlumotlardan foydalana oladilar.
Mazkur loyiha amalga oshirilgandan soʻng, erishilgan tajriba asosida Buxoro shahrining tarixiy qismining Digital Twin texnologiyalariga asoslangan platformasini yaratish, 3D nusxalarini yaratish, shu kabi ishlarning doimiy uzluksiz tarzda davom etishini taʼminlash maqsadida texnik ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni uskunalar bilan taʼminlash ishlarini qamrab oluvchi umumiy qiymati 6,5 mln. AQSH dollari boʻlgan grant loyihasi boʻyicha ishlarni boshlash rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha boʻyicha hozirda grant loyihasi ishlab chiqilgan va Koreya hukumatiga koʻrib chiqish uchun yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring