Jamshid Xodjayev Xitoy Milliy kimyo muhandislik korporatsiyasi partiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari Ven Gan bilan uchrashdi

Joriy yilning 3-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Xitoy Milliy kimyo muhandislik korporatsiyasi partiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari, bosh direktori va boshqaruv kengashi aʼzosi Ven Gan bilan Xitoy korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bagʻishlangan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Ikki tomonlama savdoning oʻsishi 2021-yilda 7,4 milliard dollardan oshgani hamda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 6,8 milliard dollarga yetgani taʼkidlandi. Ushbu fakt, har ikki mamlakatda ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan xorijiy investorlarning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganidan dalolatdir.
Tomonlar investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish sohasida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning oʻsib boruvchi xususiyatini taʼkidladilar. Soʻz neft-gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, agrar sektor, yengil sanoatda loyihalarni amalga oshirish haqida bormoqda, bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston iqtisodiyotini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni jadallashtirishga yordam beradi.
Korporatsiyaning “yashil” energetika, transport, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar joriy kelishuvlarni amalga oshirish va hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni davom ettirishga oʻzaro qiziqish bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring