Jamshid Xodjayev AQSHning Oʻzbekistondagi yangi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi

07:35 06 Dekabr 2022 Siyosat
339 0

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Jamshid Xoʻjayev, avvalo, Jonatan Xenikni yangi lavozimi bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini birgalikda hal etish platformalarining samaradorligi, xususan, 2021-yil dekabr oyida birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtgan Strategik sheriklik muloqoti salohiyati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi boʻyicha, jumladan, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashning samarali va muhim vositasiga aylangan “C5+1” tashabbusi doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga ikkala mamlakatning sodiqligi alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, uchrashuv ishtirokchilari davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va intellektual mulk huquqlarini taʼminlash masalalarini nazarda tutgan holda Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi jarayonining bugungi holatini koʻrib chiqdilar. AQSH tomoni Oʻzbekistonga Tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonida yordam berishda davom etishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston va Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) oʻrtasida energetika, transport, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalaridagi hamkorlik doirasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi, DFC moliyalashtirgan DXSH loyihalarini hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga kelishib oldilar.

Muzokaralarda muhokama qilingan boshqa mavzular qatorida toʻqimachilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham oʻrin oldi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish uchun imtiyozli savdo rejimini joriy qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat yakunida ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga oʻzaro sodiqlik bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер