Jamoaviy chipta boʻyicha chegirmalar mavjud

16:35 25 Dekabr 2022 Jamiyat
443 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, 10 va undan koʻp yoʻlovchidan iborat guruhlar chiptalariga quyidagi miqdordagi chegirmalar beriladi:

— yoʻnalish masofasi 2000 kilometrgacha boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):

— guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 10 foiz;

— guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 15 foiz;

— yoʻnalish masofasi 2000 kilometrdan ortiq boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):

— guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 20 foiz;

— guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 30 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?