Jamiyat rivojiga qaratilgan eng yaxshi tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanadi

20:10 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
240 0

Foto: Халқ сўзи

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi. Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi hamda hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda gʻoliblarni aniqlashda hududlarda ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga qaratilgan tashabbuslar inobatga olindi. Joylarda aholi oʻrtasida ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish, shu orqali himoyaga muhtoj kishilarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy soha infratuzilmasini takomillashtirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari ham tanlovning bosh mavzularidan biri boʻldi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichida peshqadamlik qilgan 25 ishtirokchi Nurafshonda oʻtgan bahslarda “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi”, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti”, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti”, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” kabi yoʻnalishlarda salohiyati va tajribasini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, gʻoliblar viloyat hokimligi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shodiyor MUTAHAROV,  Xalq soʻzi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?