Jalolobodda yuz bergan portlashlar va otishma oqibatida 5 kishi halok boʻldi

20:56 22 Sentyabr 2021 Dunyo
1101 0

Foto: AP

Afgʻonistonning Jalolobod shahrida yuz bergan toʻrtta portlash va otishma oqibatida 5 kishi halok boʻlgan. Bu haqda TOLOnews guvohlarga tayanib xabar bermoqda. 

Manbaga koʻra, shaharning turli joylarida sodir boʻlgan 4 ta portlash ikki kishining hayotiga zomin boʻlgan, yana uch kishi yaralangan. Bundan tashqari, sobiq maʼmuriyatning chegara qoʻshinlari bazasi joylashgan hududda nomaʼlum shaxslar oʻq uzgan, natijada yana 3 kishi halok boʻlgan. 

Nangarxor muzofoti madaniyat va axborot boʻlimi boshligʻining aytishicha, halok boʻlganlar va yaralanganlarning hammasi oddiy fuqarolar va ushbu hodisalardan “Tolibon” harakati aʼzolariga zarar yetmagan. Hozircha hech biror mazkur qoʻporuvchilik harakatlarini oʻz zimmasiga olmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?