Jalaquduqdagi yangi korxonada ming kishi ish bilan taʼminlandi

13:25 25 Noyabr 2021 Jamiyat
146 0

Andijon viloyati Jalaquduq tumani agrar sohaga ixtisoslashtirilgan boʻlib, bu hududda aholini ish bilan taʼminlash eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tuman aholisining asosiy qismi qoʻshni Xoʻjaobod tumanidagi sanoat korxonalarida ishlayotgani boisi ham shunda. Shu bois “Zumrad tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatining aynan Jalaquduqda tashkil etilishi barchani birdek quvontirdi.

– Hozirda korxonamizda ming nafar kishi ish bilan taʼminlandi,– deydi korxona ish yurituvchisi Muzaffar Jabborov. – Ulardan 100 nafardan ortigʻini “Temir daftar” va “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan opa-singillarimiz tashkil etadi. Korxonamizda barcha yoshdagilar uchun sifatli va bejirim kiyim-boshlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Quvonarli tomoni shundaki, korxonaning ilk mahsulotlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya kabi qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?