Qoraqalpogʻistonda jayron ovchilari qoʻlga olindi

16:03 05 Dekabr 2021 Jamiyat
657 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi Taxtakoʻpir hamda Qoraoʻzak tuman inspeksiyalari tomonidan ekologik tezkor reyd tadbirlari olib borildi.

Mazkur qoʻmita matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu reyd tadbiri davomida Qoraoʻzak tumani “Qoraoʻzak” OFYda yashovchi fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 1 dona jayron hamda tegishli ruxsatsiz 10 dona quyon ovlanganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, noyabr oyi davomida noqonuniy jayron ovlash bilan bogʻliq aniqlangan ikkinchi holat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?