Jahonda koronavirusdan 7 milliondan ortiq kishi vafot etgan

17:33 05 Mart 2024 Jamiyat
143 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

2024-yil 1-mart holatiga Oʻzbekistonda kasallanish 261 085 nafarga yetdi, sogʻayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06%) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Kasallikning tarqalganlik darajasi 1,0ni tashkil etmoqda JSST ekspertlari xulosasiga koʻra bu koʻrsatkich 1,0 gacha boʻlsa vaziyat barqarorligini anglatadi.

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43% holatda kasallangan oila aʼzosi yoki qarindoshlari, 6-7% holatda bemor qoʻshnilari, 10-12% holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5 % holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.

Virus genomini oʻrganish (sekvenlash) boʻyicha oʻtkazilgan soʻngi tahlillarning 100 foizida “omikron” shtammi aniqlangan.

2023-yil davomida qizamiqqa qarshi jami 1 575 558 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi.

Ulardan 879 314 nafari 1 yoshdagi va 696 244 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epid.parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер