Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMT modeliga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi

22:06 09 Oktyabr 2023 Siyosat
459 0

Shu yilning 6 — 8-oktabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Hamma uchun barqaror dunyo sari” (“Towards a sustainable world for all”) shiori ostida BMT modeli boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi.

JIDU tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda turli oliy oʻquv yurtlari va maktablarning xalqaro munosabatlar va jahon muammolarini hal etishga qiziquvchi talabalar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev konferensiya ishtirokchilarini qutlar ekan, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi yuksak nufuzi va oʻrni ortib borayotgani, Oʻzbekiston rahbari tomonidan BMT minbaridan ilgari surilgan muhim tashabbuslar va global gʻoyalar hamda tashabbuslarni amalga oshirishda yoshlar ishtirokining dolzarbligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili oʻrinbosari Anas Karman zamonaviy xalqaro muammolarni hal etishda hamkorlik va diplomatiya katta ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

“BMT modeli” — bu nufuzli xalqaro tashkilot qanday ishlashi haqida koʻproq maʼlumot olishni istaganlar uchun mashhur obrazli oʻyin. JIDUda boʻlib oʻtgan tadbir ishtirokchilari diplomatlar obraziga kirib, turli mamlakatlardan kelgan delegatlar rolini ijro etishdi va BMT oldida turgan masalalarni muhokama qilishdi, global muammolar boʻyicha munozaralar olib borishni oʻrganishdi.

UWED MUN 2023 konferensiyasi oʻz ishtirokchilariga oʻzini jahon hamjamiyatining bir qismi sifatida his qilishlariga yordam berdi va yoshlarning xalqaro hamjamiyat rivojiga qoʻshayotgan hissasi boʻyicha oʻziga xos faol fikr almashish platformasiga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер