Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi
Shu yilning 6 — 10-oktabr kunlari Italiyaning Sardiniya oroli Olbiya shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati tarix sahifalaridan joy oldi.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, bir hafta davom etgan dunyo birinchiligida 5 qitʼasi 72 davlatidan 490 nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqdi. Yurtimiz sharafini Ulugʻbek Azizov murabbiyligida toʻliq tarkibdagi dzyudochilarimiz himoya qilishdi. Yakunda 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan sportchilarimiz umumjamoa hisobida 11-oʻrinni egalladi.
Taqqoslash uchun, 2019-yilning 12 — 24-oktyabr kunlari Marokashda oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida eng yaxshi natijamiz 5-oʻrin boʻlgan edi. Dilshodbek Yoʻldoshev -66 kg. vaznda kuchli beshlikdan joy olgandi. Italiyadagi jahon chempionati esa toʻlaligicha Gruziya terma jamoasiga ataldi. Ular 4 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Kecha tunda terma jamoamiz delegatsiyasi Istanbul orqali yurtimizga qaytib keldi. Dzyudochilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi, ularning ota-onalari, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring